Benzema Fransiya terma jamoasida yangi penaltichi bo'ldi

Alisher
1 sen 2021, 13:30
"Real" hujumchisi Karim Benzema Fransiya terma jamoasi penaltichisi bo'ldi.

Oldin bu ishni Olive Jiru qilgan edi, ammo u bo'lajak yaqin o'yinlarga chaqirilmadi.

Benzema ushbu yilda 2015 yildan beri ilk bor terma jamoaga chaqiruv oldi. U Evro-2020da 4ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

Fransiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Bosniya va Gertsegovina (1 sentyabr), Ukraina (4 sentyabr) va Finlyandiya (7 sentyabr)ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe