

Afsuski men Fransiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok eta olmayman, – deb yozadi Benzema tvittyerdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyida 28 yoshli hujumchi Lion yarim himoyachisi Mate Valbuenani shantaj qilish ishi bo'yicha terma jamoadan chetlatilgandi.
Benzema yaqinda bo'lib o'tgan Gollandiya va Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga ham chaqiruv olmagandi.



