Bentu: Rossiya terma jamoasning mag'lubiyati - Portugaliya uchun ogohlantirish bo'ladi

Tolibjon Qosimov
15 avg 2013, 12:36
Portugaliya terma jamoasining bosh murabbiyi Paulu Bentu, Rossiya terma jamoasining Shimoliy Irlandiya bilan bo'lib o'tgan o'yinidagi mag'lubiyatini izohlab berdi, deb xabar beradi portugal OAV.
O'yin Jahon chempionati saralash boshqichi doirasida bo'lib o'tdi. Fabio Kapello shogirdlari 1 ta gol o'tkazishdi, biroq bu golga javob qaytara olishmadi.

“Rossiya mag'lubitga uchradi. Lekin bu jamoa o'z natijalaridan kelib chiqqan holda ish ko'radi. Portugaliya esa bunday qilmaydi. Albatta mag'lubiyatdan so'ng rossiyaliklar noqulay ahvolga tushib qolishdi, biroq ular bizlarga nisbatan bitta o'yin kam o'tkazishgan. Rossiya termasining Shimoliy Irlandiyadan mag'lubiyati biz uchun ogohlantirish bo'ladi. Bizning Jahon chempionatida ishtirok etishdagi maqsadimiz o'z kuchida qoladi”, - deya ta'kidladi Bentu. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com