Bentu: “Rossiya birinchi o'rinni haqli ravishda egalladi”

Narzulla Saydullayev
16 okt 2013, 19:19
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi, jamoasining pley-offda bahs olib borishiga to'g'ri kelishini aytib o'tdi.

“Guruhimizdagi barcha termalar orasidan biz eng yaxshi jamoa bo'lolmadik. Eng yaxshi jamoa esa Rossiya bo'ldi, ular haqli ravishda birinchi o'rinni egallashdi.

Endi oldinda pley-off bahslariga tayyorgarlik ko'rish kerak bo'ladi. Biroq jahon chempionatiga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz” – deya ta'kidladi Paulu Bentu.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua