Benteke "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
24 sen 2013, 12:15
"Aston Villa" klubi hujumchisi Kristian Benteke Angliya liga kubogi 1/16 finali doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi maydonga tusha olmaydi.
Britan matbuotining xabariga ko'ra, Belgiya terma jamoasi hujumchisi sonidan jarohat olgan va premer-liga doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Benteke "Norvich"ga qarshi o'yinda jarohat olib birinchi bo'limda maydonni tark etgandi. Bu mavsumda 22 yoshli belgiyalik futbolchi oltita o'yinda maydonga tushib 5ta gol urdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com