Bennaser va Adli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025, 13:48
"Milan" yarim himoyachilari Ismael Bennaser va Yasin Adliga Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish bo'lmoqda.

Bu haqda Janluka Di Marcio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli Bennaser "Al Hilol" tarkibini kuchaytirishi kutilmoqda. 24 yoshli Adliga esa "Al Ahli" da'vogarlik qilmoqda.

Ikkala xavbek ham o'tgan mavsumni ijarada o'tkazdi: Bennaser "Marsel"da (12 o'yin, 2 ta golli uzatma) o'ynagan bo'lsa, Adli "Fiorentina"da 35 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com