Benites "Selta"ga kelishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyun 2023
"Selta" bosh murabbiy lavozimiga Rafael Benites bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Ma'lum qilinishicha, bir necha kun tomonlar muzokaralarni boshlashgan, hozirga kelib esa barchasi tezlashgan hamda yaqin soatlar ichida rasmiy xabar bo'lishi mumkin.

Bu yil klub 100 yilligini nishonlaydi.

63 yoshli mutaxassisning oxirgi jamoasi "Everton" bo'lib, murabbiy 2022 yil yanvar oyida tark etgandi. Benites o'z vaqtida "Liverpul", "Real", "Napoli" va "Nyukasl" kabi jamoalarda ishlagani yodingizda bo'lsa kerak.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Telegraph