Benites Ispaniyaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
4 apr 2018
"Nyukasl" bosh murabbiyi Rafa Benites yaqinlashib kelayotgan yozda LaLigaga qaytishi mumkin.

"Mirror" nashri xabariga ko'ra, "qarg'alar" rahbariyati yozda mutaxassis talab qiladigan darajada transferlar uchun mablag' bera olmaydi. Shu boisdan uning shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Shunday bo'lgan taqdirda "Real Sosedad" murabbiy bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Benites 2015-2016 yilgi mavsumda "Real" tarkibida ishlagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror