Benites "Everton"ni boshqarishi mumkin

Alisher
10 iyun 2021
Rafael Benites "Everton" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"Ko'klar" ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlik borasida bog'lanishdi.

Benites 2019 yildan beri Xitoy Superligasining "Dalyan Pro" jamoasini boshqardi va 2021 yilning yanvarida klub bilan shartnomani bekor qilgan edi. Murabbiy bunga bosh sabab sifatida koronavirus pandemiyasini ko'rsatgan va oilasi bilan yaqin bo'lishni xohlaganini aytgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Everton"ni 2020/21 yilgi mavsumda Karlo Anchelotti boshqardi. Jamoa uning qo'l ostida APLda 10-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph