"Benfika" "Inter" o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
24 avg 2021
"Inter" yarim himoyachisi Valentino Lazaro faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli avstriyalik futbolchi uchun "Benfika" davogarlik qilmoqda.

O'yinchi milanliklar bosh murabbiyi Simone Inzagining rejalariga kirmaydi. Lazaro o'tgan mavsumni ijara asosida Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasida o'tkazgan edi.

Xavbek nemis klubi tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira