

Gonsalu Gedesh "Benfika"ga qaytdi. Buni klub rasmiy sayti tasdiqladi.

Portugaliyalik futbolchi mavsum so'ngigacha Lissabon klubi sharafini himoya qiladi. U 2016/2017 yilgi mavsumda aynan shu jamoadan PSJ tomon yo'l olgan edi.
26 yoshli Gedesh "Vulverxempton" uchun 17 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.
Avvalroq "Barselona" Gedeshni "bo'rilar"dan ijaraga olishi mumkinligi xabar qilingan edi.



