Benfika Barselona futbolchisini qaytarib bermoqchi
Narzulla Saydullayev
28 noya 2017, 08:30
Barselonaga tegishli bo'lgan Benfika o'ng qanot himoyachisi Duglas Pereyra yanvar oyida Kataloniyaga qaytishi mumkin.
Lissabonliklar yanvar oyida 27 yoshli braziliyalikning ijara shartnomasini bekor qilishmoqchi. Duglas bu mavsum Portugaliya klubi tarkibida umuman maydonga tushmadi.
Benfika uning o'rniga Boka Xuniorsdan Jino Peruccini olib kelmoqchi.