"Benfika" Arturni sotib olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
8 avg 2023
"Fiorentina" hujumchisi Artur Kabral "Benfika"ga o'tishga yaqin turibdi.

Transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda, yana 5 millioni bonus sifatida beriladi. Futbolchi "burgutlar" bilan hamkorlik shartlarini kelishib oldi, u shu hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Avvalroq "Benfika" "Shaxtyor" darvozaboni bilan shartnoma imzolashga yaqin turgani ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano