Bendtner: "O'tmishga qaytib, boshimga bolg'a bilan urgan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 15:55
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Niklas Bendtner faoliyatidagi xatolari haqida gapirdi.

"30 yoshimda Daniya termasidan ketkazishgan. O'zimni juda yomon his qilardim, bazida yig'lab olganman ham. O'tmishga qaytib, boshimga bolg'a bilan urgan bo'lardim. Chunki menda imkoniyat ko'p edi, men esa bundan foydalana olmaganman", - dedi Bendtner.

32 yoshli hujumchi 2005-2014 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilgan. Shuningdek, "Yuventus" va "Volfsburg" tarkibida ham ko'rinish bergandi.

Daniya termasi libosida esa 81 o'yinda 30 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal