Bendtner “Ayntraxt”ga o'tishga yaqin turibdi

4 iyul 2013, 10:55
Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Niklas Bendtner yaqin kunlarda “Ayntraxt”ga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda nemis OAVlari.

Bu haqida daniyalik futbolchining agenti xabar qilgan. Uning ma'lum qilishicha, nemis klubi futbolchi uchun 3 million Evro to'lashga rozi.

"Transfer kelishuvi haqida ko'p narsa ayta olmayman. Ammo hafta so'ngigacha masala hal bo'ladi degan umiddaman. Dushanba kuni Frankfurtda bo'lgandim”, - dedi agent.

Eslatib o'tamiz, avvalroq o'tgan mavsumni ijara huquqlari asosida turinning “Yuventus” jamoasida o'tkazgan Bentnerga Lissabonning “Benfika” klubi qiziqish bildirganligi aytilgandi. 


Manba: championat.com