Benatia bir oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
10 apr 2015, 14:18
"Bavariya" bosh murabbiy Xosep Gvardiola yaqin kunlardagi o'yinlarda himoyachi Mexdi Benatiani maydonga tushira olmaydi.

Futbolchi bu haqda o'zining "tvitter" sahifasida ma'lum qildi.

Benatia "Bayer"ga qarshi uchrashuvda mushagini jarohatlab oldi va o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi.

"Hammaga salom. Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, men 2 haftadan 4 haftaga maydonga tusha olmas ekanman. Juda xafaman, ammo bu kasbimning xavfli taraflaridan biri" - deb yozadi Benatia.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com