Ben-Arfa yaqin kunlarda PSJ bilan shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2016
Yarim himoyachi Xotam Ben-Arfa PSJga o'tishga yaqin.

Yaqin kunlar ichida 29 yoshli futbolchi Parij klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi.

Fransiyalik futbolchiga klubning yangi ustozi Unai Emeri shaxsan qiziqib qolgan. Agar hech qanday syurpriz bo'lmasa, ertaga transfer rasman e'lon qilinadi.

O'tgan mavsumda Ben-Arfa Nicca safida Fransiya chempionatida 17ta gol urdi. Ayni paytda u erkin agent hisoblanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr