Belous: "Jaloliddinovga qiziqishlar yuqori"

Mirjalol Normatov
6 dek 2020
"Tambov" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Lokomotiv" futbolchisi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous mijozi haqida gapirdi.

- Jaloliddinov ikki haftadan buyon termada edi. U O'zbekiston yoshlar termasiga chaqirilgandi. Shu sababdan u "Spartak" bilan o'yinda ko'rinish bermadi.

- "Tambov"dagi moliyaviy holat Jasurni qiynamayaptimi?
- Yo'q.

- "Lokomotiv" barcha pulni vaqtida to'laydimi?
- "Lokomotiv" - juda tartibli klub, ularda bu borada muammo bo'lmaydi. Ular Jasur uchun yaxshi investiciya kiritgan, va bu to'g'ri bo'lgan. Qolganini keyin ko'ramiz.

- Qishda Jaloliddinov "Lokomotiv"ga qaytadimi yoki boshqa variantlar bormi? "Tambov"da hozir qiyin davr.
- "Lokomotiv"ga savollarimiz bor. Jaloliddinovni istayotgan klublar etarlicha.

- Qanday klublar?
- Hozircha buni gapirishga erta.

- Boshqa davlatdanmi yoki Rossiya?
- Unisidan ham bunisidan ham. Jasur - Osiyoning eng iqtidorli futbolchilaridan biri, doimo o'ziga talabchan yigit.

- O'zingiz qanday taklif kutyapsiz? Ertaga futbolchi jamoasida o'ynamay qolsa, afsuslanmaysizmi? Balki boshqa chempionatlarda, boshqacha talablar asosida, unga o'yin amaliyoti berishni istayotgan klublar bordir?
- Yashasak ko'raveramiz. U juda yosh yigit. Hali juda ko'p futbol o'ynashi kerak.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru