Belarus. Futbolchilardan birining jinsini tekshirish so'raldi

13 iyul 2020, 21:04
Bir qator futbolchilar Belarus futbol federatsiyasi rahbaridan "Dinamo-BGUFK" ayollar jamoasida to'p tepadigan Simpore Salimataning jinsini tekshirib ko'rishni so'rashdi.

Federatsiya rahbari Vladirmir Bazanov nomiga yozilgan xatga 18 nafar futbolchi imzo chekkan. Ular Salimata Simporening jinsini tekshirib, ayollar chempionatida ishtirok etishini tasdiqlash yoki rad etishni so'rashgan.

Federatsiya matbuot xizmati xabariga ko'ra, mazkur futbolchi Ekvatorial Gvineya va Burkina-Faso ayollar terma jamoalari safida o'nlab xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etgan. U "Dinamo" futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tish jarayonida pasport, xalqaro transfer sertifikati va tibbiy ma'lumotnomani taqdim qilgan.


Manba: Tut.by