Bellingem, Vinisius, Levandovski, Grizmann... La Ligada kim eng yaxshi bo'ladi?

Tolibjon Qosimov
15 may 2024
La Liga mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Ispaniyada 2023-2024 yilgi mavsum futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar orasiga Jud Bellingem, Vinisius Junior (ikkisi "Real"), Robert Levandovski ("Barselona"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Takefusa Kubo ("Real"), Artyom Dovbik, Aleish Garsiya (ikkisi "Jirona"), Isko ("Betis"), Kirian Rodriges ("Las-Palmas") va Aleksandr Serlot ("Vilyarreal").

Ushbu sovrin g'olibi 28 may kuni bo'lib o'tadigan taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: laliga.com