Bellingem – Bundesligadagi eng yosh assistent, u 17 yoshda!

Sherzod Nurmatov
19 sen 2020
Bellingem o'z tengdoshi Reynaga golli pas berdi.

Dortmundning "Borussiya" klubi Bundesliganing birinchi turida Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan uchrashdi (3:0).

35-daqiqada yarim himoyachi Jovanni Reyna yarim himoyachi Jud Bellingemning pasidan so'ng hisobni ochdi.

Shunday qilib, Bellingem 17 yosh 82 kunligida Bundesliganing eng yosh assistentiga aylandi.

Shunisi e'tiborliki, gol muallifi Reyna ham 17 yoshda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta Sports