Bellingem "Borussiya"dagilar bilan xayrlashdi. U "Real"ga o'tishga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2023, 09:42
Jud Bellingem "Borussiya D" bilan xayrlashdi.

Avvalroq "Real" va "Borussiya" Bellingemning transferi borasida kelishib olgani va tomonlar 100 million evrodan ortiq summa bo'yicha qarorga kelganliklari ma'lum bo'lgandi. 

Kecha 19 yoshli yarim himoyachi "Borussiya D" vakillari bilan xayrlashdi. 

Eslatib o'tamiz, Bellingem Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Ruhr Nachtrichten