Belgiya termasining yangi bosh murabbiyi nomi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2023
Domeniko Tedesko Belgiya termasi boshqaruvini qo'liga olishga yaqin.

Kecha Belgiya Qirolligi futbol associaciyasi vakillari murabbiy bilan moliyaviy kelishuvlarni amalga oshirgan. Tomonlar og'zaki kelishuvga erishib bo'lishgan. "HLN" xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis bilan 2026 yilgi JCH yakunigacha shartnoma imzolanadi.

Tedesko JCH-2022dagi omadsizlik sababli o'z joyini tark etgan Roberto Martinesning o'rnini egallaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: HLN