
O'yin bo'lishi rejalashtirilgan Bryussel shahrida 22 mart kuni aeroport va metroda bir nechta portlashlar bo'ldi. Terroristlar hujumi oqibatida 34 kishi halok bo'ldi va 200 dan ortig'i jarohatlandi. Qonunni himoya qilish organlarining ma'lumotlariga ko'ra, shaharga hujum davom etish xavfi bor.
Ayni damda Belgiya terma jamoasi futbolchi va murabbiylari uchrashuv bo'lib o'tadimi, yo'qmi, bilishmaydi. Jamoa kecha va bugun ertalabki mashg'ulotni o'tkazib yuborishdi. Agar shaharda to'rtinchi darajali xavf saqlanib qolsa, uchrashuv bekor qilinadi.