Belgiya o'z tarixida ikkinchi marta yarim finallarda imkoniyatni boy berdi

Belgiya terma jamoasi JCH-2018 yarim finalida Fransiyaga (0:1) imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Belgiyaliklar JCHlar tarixida ikkinchi marta yarim finalda imkoniyatni boy berishdi.

1986 yilgi JCHda ham ular yarim finalda Argentinaga (0:2) yutqazib qo'yishgandi. O'shanda uchinchi o'rin uchun bahsda ular Fransiyaga (2:4) mag'lub bo'lishgandi.

JCH-2018 da Belgiya terma jamoasi 14 iyul kuni uchinchi o'rin uchun maydonga chiqadi. Ularning raqibi Xorvatiya-Angliya uchrashuvida mag'lub bo'lgan jamoa bo'ladi.


Manba: sports.ru