Belgiya 1994 yildan beri JCH guruh bosqichida yutqazmayapti

Aziz Tukhtamuradov
24 noya 2022, 08:12
Belgiya terma jamoasi jahon chempionatlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Roberto Martines shogirdlari JCH-2022ning ilk turida Kanadani 1:0 hisobida mag'lub etishdi. 

So'nggi marotaba belgiyaliklar JCHning guruh bosqichida 1994 yilda yutqazishgan - Germaniyaga (2:3). 1998 yilda jamoa uchta durang qayd etgan. 2002 yilda g'alaba va ikkita durang. 2014 va 2018 yilda uchtadan g'alaba. 

Endi Belgiya 27 noyabr kuni Marokashga qarshi o'ynaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta