Belerin yozda "Arsenal"dan ketadi

Alisher
1 iyun 2022
Himoyachi Ektor Belerin yozgi transfer oynasida "Arsenal"dan ketadi.

Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko'ra, uning maqsadi o'zi ijarada o'ynagan "Betis" hisoblanadi. Ammo, "Fiorentina" ham 27 yoshli ispanga qiziqmoqda.

Belerinning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan, u yiliga 4 million evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, "Betis" Belerinni 2021 yilning avgust oyi so'nggida "Arsenal"dan ijaraga olgan edi. Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum ispan jamoasi tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mattemoretto