

Italiya klubi jamoa ustozi Joze Mourinyu bilan kelishmovchiligi tufayli jamoani tark etish arafasida turgan Rik Karsdorp o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
Ular orasida Kataloniya klubi himoyachisi Belerin ham bor. "Ko'k-anorranglilar" tarkibida ko'proq daqiqalarga ega bo'lish uchun kurashayotgan ispaniyalik himoyachi ko'plab vositachilar tomonidan A Seriya klubiga taklif etilgan.
Ektor Belerin "Real Madrid" a'zosi Alvaro Odriosola bilan poytaxt klubiga o'tish uchun raqobat sharoitida turibdi.
Belerin iyun oyida erkin agentga aylanadi, Odriosolaning narxi esa ancha yuqori.



