"Roma" niderlandiyalik himoyachi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2021, 22:25
"Roma" o'z rasmiy saytida o'ng qanot himoyachisi Rik Karsdorp bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

26 yoshli niderlandiyalik futbolchi "bo'rilar" bilan shartnomasini 2025 yilning iyunigacha uzaytirdi.

Tomonlar o'rtasidagi avvalgi kelishuv 2021/22 yilgi mavsum oxirida tugashi lozim edi.

Karsdorp "Roma" tarkibida 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. U klub safida 45 uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com