Belerin "Betis"ga o'tishi mumkin

Alisher
29 may 2021
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Betis" 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Belerinning yana ikki yillik shartnomasi bor, ammo "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta unga ishonch bildirmayapti, shu sabab u yozda kyetishga tayyor.

Belerin o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Oldinroq ispan kattalar darajasida Ispaniya chempionatida o'ynamagan. U 2011 yilgacha "Barselona" akademiyasida shug'ullangan.


AlisherMuallif
Manba: ABC de Sevilla