Belarus. Yaxshiboev yaqqol to'purarga aylanib oldi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2020, 21:12
Bugun Belarus chempionati 15-turi doirasidagi o'yinlarga start berildi.

Turning ilk bahsida "Energetik-BGU" o'z maydonida bir kishi kam bo'lib "Slaviya" darvozasiga 5 bora yo'l topdi. Qayd etish kerak, gollarning to'rttasida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev ishtirok etdi. Ikki bora raqiblari postini ishg'ol qilgan Jasur yana ikki marta assistentlik qayd etdi.

Shu orqali Jasur Yaxshiboev 9 gol bilan Belarus chempionati to'purarlari ro'yxatida yetakchi bo'lib oldi.

Undan keyin 7tadan gol urgan Gegam Kadiryan ("Neman"), Vitaliy Lisakovich ("Shaxtyor"), Pavel Nekxaychik (BATE) va Ion Nikolesku ("Vitebsk") kabi futbolchilar qayd etilgan.

Ayni damda g'alabaga erishgan "Energetik-BGU" Belarus chempionati turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia