

Dastlabki daqiqalardan mezbonlar hujum chizig'ida Abdiholiqov va Ubaydullaev tandemi harakat qildi. 51-daqiqada Diallo Abdiholiqovni almashtirdi, Ubaydullaev esa bahsda to'liq harakat qildi va 80-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi. Hamyurtimiz, shuningdek birinchi golga ham assistentlik qilgan edi. Ammo, yakunda mezbonlar raqib darvozasiga boshqa yo'l topa olishmadi. Jamoaning yana bir o'zbekistonlik o'yinchisi Doniyor Abdumannopov jarohati sabab qaydnomaga kiritilmadi.
"Energetik-BGU" - "Slaviya-Mozir" 2:3
Gollar: Papariga (assist - Ubaydullaev, 47), Ubaydullaev (80, penalti) - Barsukov (2), Malkevich (46), Barsukov (50)
"Energetik-BGU": Makavchik - Girs - Lukashevich - Svirepa - Sokol - Papariga - Bulichev - Musaxanyan - Ofori - Bobir Abdiholiqov - Shahzodbek Ubaydullaev.
Zaxira: Rusanov, Strelkovskiy, Rilach, Makushinskiy, Diallo, Mixaylov, Lavrik, Omelyanchuk, Malickiy.
"Slaviya-Mozir": Baranovskiy, Esin, Shestilovskiy, Bugulov, Alshanik, Dros, Lovec, Barsukov, Narx, Malkevich, Romess
Zaxira: Romanyuk, Ignatenko, Nedashkovskiy, Jerdev, Poloz, Petrenko, Raevskiy, Ruckiy



