Belarus chempionati davom etadimi?

Eldor Akmurzayev
24 mar 2020, 19:25
Hozirda koronavirus pandemiyasi tufayli Yevropada to'xtatilmagan yagona chempionat bu Belarus yuqori ligasi bo'lib turibdi.

Mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati rahbari Aleksandr Aleynik chempionat o'yinlari davom etadimi yo yo'q shunga aniqlik kiritdi.

- Federatsiya chempionatni davom ettirishga qaror qildi. Uchrashuvlar tomoshabinlar bilan birga o'tkaziladi. Rahbariyatimiz Sog'liqni saqlash vazirligi bilan doimiy aloqada. Hozircha vaziyat chempionatni to'xtatadigan darajada emas.

- Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni qancha?

- 81. Biroq, 22 nafari allaqachon tuzalgan. Ayni vaqt davolanayotganlar 50 nafardan ko'proq. Ularning holati ijobiy. Ikkinchi tur esa 27 mart kuni start oladi. Mavsumni davom ettiramiz.

- UEFA chempionatni to'xtatib qo'yishingiz kerakligi haqida ogohlantirmadimi? Ayni payt butun Yevropa karantinda.

- Yo'q. Katta videokonferenciya bo'lib o'tdi. Biroq, UEFA ichki musobaqalarni o'tkazish bo'yicha qarorni federatsiyalarning o'ziga topshirdi, deydi Aleynik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru