Bekxem Moyesni o'z klubiga bosh murabbiy sifatida chaqirmoqchi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2014, 09:22
Manchester Yunayted va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem Devid Moyesga Mayamidagi klubga bosh murabbiy bo'lish taklifini yubordi, deb xabar bermoqda Sunday Times nashri.
Bekxem hozircha o'z stadioni bo'lmagan, faqatgina 2017 yildan boshlab MLSda qatnasha oladigan klubning egasi hisoblanadi.

Bekxem Prestonda o'ynaganida aynan Moyes bosh murabbiy edi.

O'tgan yilgi muvaffaqiyatsiz mavsumga qaramay sobiq futbolchi Moyesga yuqori baho bermoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com