Bekxem Messini Ronaldudan ustun qo'ydi, lekin ...

Eldor Akmurzayev
18 apr 2020, 21:25
“Inter Mayami” xo'jayini Devid Bekxem “Barselona” sardori Lionel Messi hamda “Yuventus” yetakchisi Krishtianu Ronaldu o'rtasidagi raqobat haqida gapirdi.

“Messi – noyob futbolchi, bundaylari boshqa yo'q. Ular Ronaldu bilan birga boshqalardan ustun, garchi Krishtianu Leo darajasida bo'lmasa ham.

2013 yil PSJ safida “Barsa”ga (2:2) qarshi o'ynagandik. Hisobda oldinda edik. Keyin esa maydonga Messi tushdi va “Barselona” gol urdi. Natijaga qaramay, o'sha bahsda jamoamiz yaxshi harakat qilgan edi”, deydi angliyalik sobiq xavbek.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24