

Devidga sovrinni o'tgan yilgi g'olib Rayan Giggz topshirdi.
"Futbol Afsonasi" sovrinini Bobbi Charlton, ser Aleks Fergyuson, Erik Kantona va Teddi Sheringem qo'lga kiritgan.
HMV Football Extravaganza - Nordoff Robbins musiqa terapiya fondiga yordam beruvchi xayriya tadbiridir. Marosimning 20 yillik tarixida 6 mln. funtga yaqin mablag' to'plangan va bu pullar musiqa orqali insonlarni davolovchi fondga topshirilgan.




