Beylning tanishtiruv marosimi Uels terma jamoasi tufayli uzilib qolishi mumkin

Tolibjon Qosimov
31 avg 2013, 15:39
"Real"da Garet Beylning transferi borasida navbatdagi muammolar paydo bo'ldi, deb xabar bermoqda Marca.
Futbolchi Uels terma jamoasiga chaqirilgan. Serbiyaga qarshi o'yin 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadi, ammo "Real" 9 sentyabr kuni futbolchini tanishtirmoqchi.

Shunday qilib, "Qirollik klubi" Uels futbol Assotsiatsiyasidan Beylni termaga chaqirmaslikka ko'ndirmoqchi. Tomonlar bu borada muzokaralarni boshlashdi. Eslatib o'tamiz, futbolchi "Real"ga 91 million evroga o'tishi kutilmoqda. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru