Beyl: "Yuventus"ga gol urish uchun omad yetishmadi"

Aslanov Jasurbek
14 may 2015, 12:12
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Yuventus"ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Juda afsusdaman. Biz finalga chiqib, sovrinni qo'lga kiritmoqchi edik, ammo taqdir buni istamadi. Jamoamiz doimo ko'proq gol urish uchun intilgan, bu uchrashuvda raqib darvozasini bor-yo'g'i bir marta aniq nishonga oldik. "Yuventus" yaxshi o'yin o'tkazdi. Xafamiz, ammo keyingi mavsumda Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritish uchun tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Gol urishim uchun biroz omad yetishmadi. O'yinim o'xshayotganda maydonni golsiz tark etmayman, afsuski bu safar o'z ismimni tabloga yozdirib qo'ya olmadim. Olg'a qadam tashlashda davom etish lozim" - deydi Beyl.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com