"BeIN Sports Arabia 6 HD" O'zbekiston - Bangladesh uchrashuvini namoyish etadi

Narzulla Saydullayev
17 sen 2014, 13:00
Ertaga Osiyo o'yinlari doirasida O'zbekiston terma jamoasi Bangladeshga qarshi o'ynaydi.
Ushbu o'yinni "BeIN Sports Arabia 6 HD" namoyish etadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00ga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, Bangladesh ilk turda Afg'onistonni mag'lub etgandi. O'zbekiston esa Gonkong bilan durang o'ynadi.

Ma'lumot uchun, ertaga soat 13:00da boshlanadigan Gonkong - Afg'oniston o'rtasidagi o'yinni esa "beIN Sports Arabia 7 HD" telekanali namoyish etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia