BBC: "Manchester Yunayted" bu mavsum chempion bo'ladi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2017
Nufuzli nashr o'z o'quvchilari yordamida 2017/18 yilgi mavsum uchun klublarning taxminiy o'rinlarini aniqlab chiqdi.

BBC so'rovnomasida 56 ming odam ishtirok etdi. Ularning 60 foizi Joze Mourinyo o'z jamoasini APL chempioni qilishiga ishonmoqda.

20% o'quvchilar "Man Siti"ga, 8,6% "Chelsi"ga ovoz berdi. "Liverpul" to'rtinchi o'rinda, "Arsenal"ni esa oltinchi o'rinda ko'rishmoqda.

"Kristal Pelas", "Brayton" va "Xaddersfild" so'rovnomaga ko'ra ligani tark etishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com