Bazi "Real" o'yinchilari Alonso uslublariga ishonmayapti. Boshqalar fikricha, muammo murabbiyda emas

Aslanov Jasurbek
1 dek 2025, 20:57
"Real" futbolchilari orasida Xabi Alonso borgan sari bahs mavzusi bo'lib qolyapti.

Oktyabr oyida Alonsoning individual yondashuvi va ayrim o'yin principlari asosiy tarkibning sezilarli qismiga maqul kelmagani haqida xabar berilgan edi.

The Athletic ma'lumotiga ko'ra, hali ham ispaniyalik mutaxassis qoidalariga ishonmayotgan futbolchilar bor. Shu bilan birga, jamoaning boshqa qismi vaziyat uchun murabbiyni ayblash noto'g'ri, deb hisoblaydi.

30 noyabr kuni "Real" La Liganing 14-turida "Jirona" bilan durang o'ynadi. Madrid klubi 33 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic