"Bayram tugagach, mehmonlar ketadi, sen esa yolg'iz qolasan"

Omonjon To`xtamirzayev
25 mar 2025, 16:03
"Manchester Yunayted" va "Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba diskvalifikaciya davrini qanday o'tkazgani haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted"dagi kattagina maoshimni birinchi bor olganimda juda baxtli edim. O'shanda otamning oldiga bordim va u menga: "O'g'lim, pullaringni befoyda ishlarga sarflama. Bayram tugagach, mehmonlar ketadi, sen esa yolg'iz qolasan" - degandi. Avval muntazam ravishda yonimda bo'lgan do'stlarim ortiq meni yo'qlamay qo'ygach, bu so'zlarning asl manosini tushundim. Hozir yonimda bor odamlar - bu faqat mening oilam. Hayot shunday ekan"

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: X.com