Bayi qishda MYUni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 sen 2018
Himoyachi Erik Bayi qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

24 yoshli futbolchi jamoada kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan xafa.

Bayi vaziyat o'nglanmasa qishki transfer oynasida klubni tark etishga tayyor. Ma'lumotlarga ko'ra, klublar orasda "Tottenxem" va "Arsenal" ivuarlikka davogarlik qilishi mumkin.

Bayi 2016 yilning yozida 38 mln evro evaziga "Vilyarreal"dan MYUga o'tgan edi. Himoyachi joriy mavsum APLning 4ta uchrashuvida ishtirok etdi, biroq ularning 2tasida zaxiradan maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror