“Bayer” “Real” “ko'z ostiga olgan” futbolchini sotib oldi

17 dek 2019, 01:20
Liverkuzenning “Bayer” klubi rasmiy sayti “River Pleyt” yarim himoyachisi Esikel Palasios liverkuzenliklar safiga ko'chib o'tganligi haqida xabar tarqatdi.

Ilgariroq ushbu futbolchining “Real” qiziqishlari doirasida ekanligi haqida xabarlar chiqandi. Ammo futbolchining qirollik klubiga o'tishi amalga oshmadi.

21 yoshli Palasios “River Pleyt” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Argentina klubi safida u barcha turnirlarda 77 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“River Pleyt” safida u shuningdek, Argentina kubogi va Libertadores kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Байер" клуби расмий сайти