

"Bayer" "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Joel Matipga qiziqmoqda, deb xabar berdi "Sky Sport" muxbiri Florian Plettenberg.

Xabar qilinishicha, "qora-qizillar" jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Jonatan Ta o'rniga 32 yoshli Matip nomzodiga to'xtalgan. Matip ham Leverkuzenning "Bayer" klubiga o'tishga qarshi emas.
Hozirda klub va futbolchi o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda – kamida ikki yillik shartnoma muhokama qilinmoqda. Kamerunlik futbolchi o'tgan mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etiyu, erkin agentga aylangan.
Joel Matip o'tgan mavsum "Liverpul" safida 14 ta o'yinda maydonga tushgandi.



