"Bayer" Asensioni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
30 yanv 2024
PSJ yarim himoyachisi Marko Asensio "Bayer" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

"Aspirinchilar" parijliklarga futbolchi transferi bo'yicha so'rov yuborishgan. Ma'lumotlarga qaraganda, bitimni amalga oshirish oson bo'lmaydi.

Liga 1 joriy mavsumining 7 o'yinida xavbek 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Журналист Патрик Бергер Твиттери