YCHL. Xavercning 89-daqiqada penaltidan urgan goli "Arsenal"ni "Bayer"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan asrab qoldi

Alisher Ostonov
12 mar 2026
YCHL 1/8 final doirasidagi "Bayer" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.

Robert Andrix 46-daqiqada hisobni ochdi. O'yin yakunlanayotgan bir paytda mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. O'n bir metrlik zarbani aynan "Bayer" tarbiyalanuvchisi Kay Xaverc aniq ijro etdi va sobiq muxlislarini "ranjitdi".

Javob o'yini 17 mart kuni Angliyada bo'lib o'tadi.









Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia