"Bayer" 30 mln. evroga Saudiya Arabistoni klubi futbolchisini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2025, 21:07
"Bayer" "Al Qodisiya" vakili bilan shartnoma imzoladi.

Gap argentinalik Ignasio Fernandes haqida ketmoqda. Nemis klubi 23 yoshli yarim himoyachi transferini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha bo'lgan shartnoma tuzdi.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv summasi bonuslar bilan hisoblaganda 30 million evroni tashkil etdi. Saudiya klubi o'yinchining keyingi transfer summasidan 10% oladi.

Fernandes o'tgan mavsum "Al Qodisiya" safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Plettigoal