Baxtiyor Qosimov O'zbekistonga qaytmoqda

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2023
O'zbekistonlik yarim himoyachi 1 yil davomida Qatarda o'ynadi.

2022 yil iyul oyida yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov Qatarning "Al Xor" klubiga ko'chib o'tgandi.

Qatar birinchi ligasida ishtirok etgan "Al Xor" agar Qatar Yulduzlar ligasiga chiqa olganida Qosimov bilan shartnoma uzaytirilardi. Biroq Yulduzlar ligasiga o'tish o'yinida "Al Xor" mag'lub bo'ldi, shu bois Qosimov shartnomani uzaytirmadi va O'zbekistonga qaytishga qaror qildi.

Tez orada Qosimovning yangi klubi nomi ma'lum bo'ladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia