Baxtiyor Ashurmatov: Terma jamoamiz bugungi uchrashuvda ham xalqimizni xursand qiladi degan umiddaman

Narzulla Saydullayev
29 mar 2016, 14:57
Ma'lumki bugun soat 18:00 da O'zbekiston - Bahrayn uchrashuvi boshlanadi.

Bo'lajak uchrashuv oldidan har kim turlicha fikr bildirmoqda. Andijon FK, matbuot xizmati bosh murrabiy Baxtiyor Ashurmatovdan terma jamoamiz o'yini oldidan fikrlarini so'radi.

- Albatta, bugun barcha xamyurtlarimiz qatori men ham O'zbekiston milliy terma jamoasidan g'alaba qozonishini kutyapman. To'g'ri, o'tgan turda yigitlarimiz Filippinga qarshi bahsda muxlislarni u qadar quvontira olmagan bo'lishi mumkin. Lekin asosiysi g'alaba qozonildi. Ochig'i, Filippin bilan o'yinda ko'p ham omadimiz kelmadi. Aks xolda yirik hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi.

- Umid qilamanki, bugun yigitlar Baxrayn ustidan ishonchli g'alabaga erishib, ishqibozlarni quvontiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia